HaftanınÇok Okunanları
NERGİS BİRAY 1
Mehmet Topay 2
KEMAL BOZOK 3
İSMAİL DELİHASAN 4
RAHMİ ALİ 5
HİDAYET ORUÇOV 6
YASİN YAVUZ 7
Sizning toshdek boshingizdan toshlar yog‘di,
Mening esa ko‘zlarimdan yoshlar yog‘di.
Yer ostida ingrayotgan nolalarim,
Dog‘da qolgan yuragi qon lolalarim.
Boyazidning Temurbekka bitgan xati,
Sulaymonning yashnayotgan mamlakati.
Bobom yanglig‘ yig‘layapti bobolaring,
Bag‘rim ezdi tunda qilgan duolaring.
Abdulhamid adolatdan so‘zlayapti,
Ayriliqdan momolarim bo‘zlayapti.
Tuproq goho quvonch berar, gohida g‘am,
Qanday qilib omon qolding, murg‘ak bolam!
Tuni bilan to‘lg‘onadi, titraydi yer,
Ona zamin, yig‘layotgan bolamni ber!
Siz nimaga yig‘layapsiz, osmonlarim,
Yer bag‘rini izlayotgan posbonlarim.
Tom ostidan omon chiqqan chaqaloqlar,
Bir kun kelib ajdodlarning ruhin oqlar.
Onalarning allasidan orom olgay,
Yer yuzida adolatning izi qolgay.
Turkiylarga qo‘lin cho‘zgan, dildoshlarim,
Boshingizda charaqlasin, quyoshlarim.
Baxtu taxti bir-biriga o‘xshash elmiz,
Sohibqiron ham Boyazid ikki shermiz.
Şair: Axtamquli