HaftanınÇok Okunanları
ELMİRA ACIKANOAVA 1
HİDAYET ORUÇOV 2
Coşkun Haliloğlu 3
Coşkun Haliloğlu 4
MARİYA LEONTİÇ 5
Kardeş Kalemler 6
Ahmet Kartal 7
QAYG‘UNGGA SHERIKMAN, TURKIYA
***
Hayot-da, goh horganim bordir,
Quchogʻingga borganim bordir.
Senga dardim yorganim bordir,
Qaygʻungga sherikman, Turkiya.
Tuprogʻingda kezganim bordir,
Suvlaringda suzganim bordir.
Oʻzni ozod sezganim bordir,
Qaygʻungga sherikman, Turkiya.
Tarixingdan hayratda qolib,
Chiroyingdan ilhomlar olib.
Yurdim sevging koʻngilga solib,
Qaygʻungga sherikman, Turkiya.
Bu zilzila yurakka tushdi,
Qalbimni ham bir hasrat quchdi.
Sen tomonga xayolim uchdi,
Qaygʻungga sherikman, Turkiya.
Bardam boʻlgin, birodar, qardosh,
Motamlilar topsinlar bardosh.
Darding ketsin, biz senga darddosh,
Qaygʻungga sherikman, Turkiya!